O‘zDJTU rahbariyati talabalar turar joylarini nazorat qildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor Ilxomjon Tuxtasinov, prorektorlari va universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitetning 4-va 6-talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar turar joyining holatini o‘rganishdi.

Tashrif davomida universitet rahbariyati talabalar yashash sharoitlari, ichki tartib va moddiy-texnik baza bilan tanishdi, mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Universitet rahbariyati barcha talabalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish borasida izchil ishlar olib borilishini ta’kidladi.
