O‘zDJTU rektori yangi qurilayotgan talabalar turar joyidagi ishlar bilan tanishdi

O‘zDJTU rektori yangi qurilayotgan talabalar turar joyidagi ishlar bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet mas’ul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ)da olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida qurilish jarayonining amaldagi holati, bajarilgan ishlar hamda navbatdagi vazifalar ko‘zdan kechirildi. Rektor qurilish ishlarining belgilangan loyiha asosida olib borilishi, sifat va texnik talablarga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, yangi TTJda talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar, xususan, yashash xonalari, dam olish va o‘quv hududlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda zarur infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, aniqlangan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish hamda yangi talabalar turar joyini zamonaviy talablarga mos holatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube