O‘zDJTU va “Favvora Film” MChJ o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

2025-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “Favvora Film” MChJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi — talabalarni madaniy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarda yaratilgan badiiy filmlar orqali ularning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish va mehnat bozoriga tayyorlashga ko‘maklashishdir.

 

 

Hamkorlik doirasida tomonlar talabalar uchun turli seminar-treninglar, uchrashuvlar va ko‘rgazmalar tashkil etish, xorijiy filmlar namoyishini yo‘lga qo‘yish hamda tarjima jarayonlariga yosh mutaxassislarni jalb etishni rejalashtirmoqda.

Hujjatni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov va “Favvora Film” MChJ direktori O. Rajabov imzoladilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube