O‘zDJTU vakillari Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Ispaniyadagi xalqaro seminar-trening dasturining yakuniy kunida ishtirok etdi

O‘zDJTU vakillari Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Ispaniyadagi xalqaro seminar-trening dasturining yakuniy kunida ishtirok etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Ispaniyaga amalga oshirilgan xizmat safari yakuniy kunida qator xalqaro uchrashuvlar va seminar-treninglarda faol ishtirok etdi.

Kun dasturi Caucasus International University taqdimoti bilan boshlandi. Unda universitetning xalqaro hamkorlik strategiyasi, akademik almashinuv dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Shundan so‘ng delegatsiya xalqaro workshop mashg‘ulotida qatnashib, oliy ta’limni internatsionallashtirish, Erasmus+ dasturlari doirasidagi hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni almashish masalalarini muhokama qildi.

Parallel sessiyalar davomida O‘zDJTU vakillari Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, akademik mobillikni rivojlantirish hamda kelgusidagi qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, delegatsiya universitetning Uzluksiz ta’lim va universitet bilan hamkorlik bo‘yicha prorektori Kristina Flores Moreno bilan uchrashib, Erasmus+ dasturlari doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma ilmiy va ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Tashrif yakunida ishtirokchilar uchun tashkil etilgan rasmiy tushlik davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan norasmiy muloqotlar olib borildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube