O‘zDJTUda AQSH elchixonasi RELO ofisi vakillari va ingliz tili o‘qituvchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
5-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSH elchixonasi huzuridagi Hududiy ingliz tili ofisi (RELO) vakillari hamda ingliz tili bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 1-ingliz tili fakulteti dekani G. Ergasheva, ingliz filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi K. Nazmuddinxonova hamda ingliz tili o‘qituvchisi G. Radjabova ishtirok etdilar.
AQSH elchixonasi RELO ofisidan esa ijrochi xodim Jon Silver, ingliz tili o‘qituvchisi (English Language Fellow) doktor Chiramonte va xodim Nargiza Nug‘manova qatnashdilar.
Uchrashuv davomida:
- RELO dasturlari orqali AQSHlik ingliz tili o‘qituvchilarini O‘zDJTUga ma’ruza va seminar-treninglarga jalb qilish,
- AQSH Davlat departamenti ko‘magida an’anaviy xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,
- doktor Chiramontenning 1-ingliz tili va ingliz filologiyasi fakultetlari hamda malaka oshirish kurslarida darslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga kelishib oldilar.