24-iyun kuni OʻzDJTUda “Giyohvandlik va kiberjinoyatlarning” oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini taʼminlashga qaratilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida soʻzlab oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda universitet profilaktika inspektori Bekmatov hamda Toshkent shahar IIBB ATSJQKB XPB profilaktika inspektori katta leytenant J.P.Toʻrayev, Toshkent shahar IIBB ATSJQKB XPB profilaktika inspektori, leytenant B.X.Karimovlar ishtirok etdi. 

Mutaxassislar giyohvandlikni davolash va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, bu yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlar, xulosalar, yutuqlar va yangiliklarni amaliyotga joriy etish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzlari uchun maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube