O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Umr shoir Safar o‘g‘lining 130 yilligi va Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘lining 135 yilligiga bag‘ishlangan “Milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining rivojlanishidagi o‘rni va ustoz-shogird an’analari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika baxshichilik san’ati markazi hamkorligida tashkil etildi.

 

 

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Tadjixanov Avazxon Baxadirovich, Respublika baxshichilik san’ati markazi bosh direktori Xo‘jamberdiyev Oloviddin Nurmuxammadovich, Madaniyat vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Tilavov Sherzod Beshimovich, shuningdek, yalpi majlis ma’ruzachilari — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori O‘rozali Toshmatov, O‘zbekiston xalq baxshisi, professor Qahhor Rahimov, “Yor-yor” ko‘rsatuvi muallifi Muhabbat Hamroyeva, O‘zbekiston xalq baxshisi Erkin Urolov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Karimov, dotsent Zafar Hayitov, O‘zbekiston xalq baxshisi Rasul Umirov hamda “Doston ijrochiligi” kafedrasi talabasi Qarlibaeva Azada ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, anjuman jarayonida milliy dostonchilik maktabining bugungi taraqqiyoti, baxshichilikning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Konferensiya doirasida ma’ruzalar, ilmiy taqdimotlar va ustoz-shogird maktabi bo‘yicha amaliy tajriba almashinuvi tashkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube