10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJTU) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi. Tadbir universitetning Ilmiy kengash majlisida offline tarzda hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Dissertatsiya himoyasi Aminova Dilnoza Xikmatullayevna tomonidan 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Madaniyatlararo muloqot aspektida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiyaning polisemiyasi” mavzusida amalga oshirildi.
Himoyada universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va rasmiy opponentlar ishtirok etdi. Tadbir davomida dissertantning ilmiy tadqiqotlari, metodologiyasi va natijalari atroflicha muhokama qilindi.