O‘zDJTUda tayanch doktorant va doktorantlarning yillik hisobotlari tinglandi

O‘zDJTUda tayanch doktorant va doktorantlarning yillik hisobotlari tinglandi Joriy yilning 28–30-iyul kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich tayanch doktorantlari hamda doktorantlarining yil yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Hisobot yig‘ilishlarida izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejalari ijrosi, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, dissertatsiya ishlari bajarilishini jadallashtirish hamda ilmiy natijadorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, tadqiqotchilarning shaxsiy ish rejalarida ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilish holati hamda kelgusidagi ilmiy faoliyat rejalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishlar davomida doktorantlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, dissertatsiya ishlari sifatini yanada oshirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

 

 

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube