Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko'ra 23-24-aprel kunlari Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov
 Samarqand shahrida bo'ldi.

 

 

Uchrashuv asnosida arboblar ko'plab diqqatga sazovor o'rinlarni tomosha qildilar. Jumladan, Samarqand shahrida barpo etilgan "Boqiy shahar" majmuasiga bordilar, birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar. Shuningdek, 2 millat do'stligi ramzi sifatida birgalikda daraxt ekishdi. 

 

 

O'zDJTU ingliz filologiyasi fakulteti talabasi, "Yosh kitobxon" tanlovi Respublika bosqichi g'olibi O'g'iljeren Xaldurdiyeva Turkmaniston lideri tashrifi munosabati bilan taklif qilingan mehmonlar qatorida tantanada ishtirok etib, ikki siyosiy arbob oldida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida nutq so'zladi va yurtboshimizga tashakkur aytdi. Shuningdek, ikki mamlakat do'stligining abadiy bo'lishiga tilak bildirdi.

 

 

Yurtboshimizga mamlakatimizda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga qaratilgan imkoniyatlar uchun tashakkur bildirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube