OʻzDJTU rektorining 2023-yil 4-oktabrdagi 298- sonli buyrugʻiga asosan universitetda “Qalqon” jamoatchilik guruhi tuzilgan boʻlib, bugun tashkil etilgan “Qalqon jamoatchilik guruhi aʼzolari bilan tanishuv marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Respublika OTM “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari Anvarmirzo Qudratov, universitet rahbariyati vakillari hamda “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirok etdi. 

Tadbirni universitet rektori I. Tuxtasinov ochib berdi va yangi aʼzolar bilan yaqindan tanishishdi. 

Tanishtiruvdan soʻng, rahbarlar tomonidan guruh aʼzolariga guvohnomalarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube