OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan xabar olish maqsadida bugun 14- may kuni Sergeli tumanida boʻldi.
Rektor Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallalariga borib, mahallada istiqomat qilayotgan “Qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Ularning holidan xabar olib, har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. Ehtiyojini soʻradi.
Mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ota-onalari universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.