6-avgust kuni OʻzDJTU rahbariyati vakillari universitet talabalari uchun ajratilishi kutilayotgan ijara uylarda boʻlib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
OʻzDJTUda jami 7 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, mazkur turar joylardan oʻrin ololmagan talabalar uchun universitet rahbariyati tomonidan 1300 dan ortiq ijara uylar bilan kelishuvlarga erishilgan.
OʻzDJTU Oʻquv ishlar boʻyicha prorektori M.Chutpulatov va Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov boshchiligidagi oliygoh mas’ullari tomonidan mazkur xonadonlardagi shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, xonadon egalari bilan suhbatlashildi. Ulardan talabalar uchun imkon qadar yengilliklar yaratib berilishi soʻraldi.