RASMIY MUNOSABAT

O‘zini “Odam tili” nazariyasi asoschisi sifatida tanishtirgan Mahmudjon Kuchkarov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mazkur yo‘nalish bo‘yicha onlayn ilmiy seminar tashkil etish yuzasidan murojaat qilingan.

Murojaatda tilga olingan OTA — Odam Tili Akademiyasining maqomi, faoliyat yo‘nalishlari hamda rasmiy tashkilot sifatidagi huquqiy maqomi bo‘yicha universitetda hozircha yetarli rasmiy ma’lumot mavjud emas.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti davlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida xorijiy va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yadi. Shu bois, bunday hamkorlikni tashkil etishdan avval hamkor tashkilotning huquqiy maqomi, faoliyat yo‘nalishi va vakolatlarini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlar o‘rganilishi zarur.

Universitet ilmiy-tadqiqot jarayonlarida ochiqlik, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladi hamda ilmiy hamkorlikka oid murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Agar OTA — Odam Tili Akademiyasi bilan hamkorlik qilish yuzasidan vakolatli yuqori turuvchi tashkilotlardan tegishli rasmiy topshiriq yoki tavsiya kelib tushsa, universitet belgilangan tartibda mazkur masalani ko‘rib chiqishga va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyor.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube