Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurslarni kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi
7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabaev Mahmudjon Rustamovich ochib berdi. Shuningdek, fakultet dekani Xalillayev Adilbek Kurambayevich so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarga omad tiladi hamda fakultetda yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi ilmiy loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, yosh talabalarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Yangi o‘quv yilini boshlayotgan yoshlarga samimiy tilaklar bildirildi.Tadbir davomida fakultet rahbariyati, professor o’qituvchilar, tyutorlar tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida eng yuqori ko’rsatkich bilan talaba bo‘lgan yoshlar universitet rektori tomonidan imzolangan sertifikat bilan taqdirlandi, ularning ota-onalariga esa universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Ma’lumot uchun:
2025–2026 o‘quv yilida Roman-german filologiyasi fakultetiga:
• Kunduzgi ta’lim shakliga — 496 nafar,
• Kechki ta’lim shakliga — 117 nafar talaba qabul qilindi.
2026-09-07 05-18