22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi Madina Shakirova tomonidan “Ingliz va oʻzbek idiomatik birliklarida rang konseptining ifodasi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. 

Talaba yoshlar va kafedra professor-oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan ilmiy seminarda mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berildi. 

Dastur davomida talabalar uchun maxsus vazifalar tayyorlanib, ular a’lo darajada bajarildi. Shuningdek, seminar mohiyati doirasida ilmiy ish mavzusi va dolzarbligi yuzasidan ilmiy faoliyati yuqori va tajribaga ega ustozlar o’z fikrlarini bildirib o’tishdi. 

Tadbirni tashkil etishda mavzuga oid boʻlgan oʻquv metodlari qoʻllanildi va matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni oson yoʻl bilan hal qilish texnikalarini tajribada sinab koʻrishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube