SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida bitiruvchi talabalarni ish beruvchi tashkilotlar bilan bog‘lash, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbirda SEODAN o‘quv markazi, Thompson International School, Shanghai Study o‘quv markazi, Lingway o‘quv markazi, Datang Buka New Energy Development kompaniyasi, Open Grants tashkiloti hamda “Reiwa Group” sayyohlik kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Yarmarka davomida bitiruvchi talabalar tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan zarur tavsiyalar oldilar.
Tadbir bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish va ish beruvchilar bilan amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
2026-09-30 12-14