“Sportchi yoshlar” – sog‘lom va faol hayot sari!

“Sportchi yoshlar” – sog‘lom va faol hayot sari!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi M. Abdurahmonova tashabbusi bilan “Sportchi yoshlar” mavzusida sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga rag‘batlantirish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratildi.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Shuningdek, sport sohasida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun sport federatsiyalari stipendiyalarini ajratish hamda professional sport muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube