oshkent shahar hokimining 2024-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g’risida”gi 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qarori ijrosi haqida”gi 511-14-0-Q/24-sonli qarori 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 10-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi fakultetlarda qator tadbirlar tashkil etildi.
“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusidagi dasturlarga yoshi ulug‘ faxriylar jalb qilinib, ular tomonidan talabalarga hayotiy maslahatlar, zarur bilim-koʻnikmalar taqdim etildi.
2024-09-13 01-19