TARJIMONLIK FAKULTETI TALABALARI — WORLD AQUATICS 2026 JAHON KUBOGI MUSOBAQASIDA!

TARJIMONLIK FAKULTETI TALABALARI — WORLD AQUATICS 2026 JAHON KUBOGI MUSOBAQASIDA!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Tarjimonlik fakultetining bir guruh talabalari Toshkent shahrida 5- oktyabrdan 11-oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan World Aquatics 2026 Jahon kubogi musobaqasida volontyor-tarjimon sifatida faol ishtirok etishdi!

Dunyoning 50 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan sportchilar bilan ishlagan talabalarimiz ularga tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatib, xalqaro muloqot jarayonida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

 Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish talabalarimiz uchun xorijiy tillarni amaliyotda qo‘llash, turli millat vakillari bilan muloqot qilish hamda xalqaro miqyosdagi tajribalarini oshirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Fakultetimiz talabalari xalqaro maydonda O‘zbekiston yoshlarining salohiyati, bilim va mahoratini namoyon etayotganidan faxrlanamiz. Ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube