Tarjimonlik fakultetida “Milliy uslub va liboslar tadbiri” o‘tkazildi.

Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Xabiyeva Feruza tashabbusi bilan fakultetda “Milliy uslub va liboslar tadbiri” tashkil etildi. Tadbir bayramona ruhda o‘tdi va milliylikning jilosi hamda rang-barang liboslarning go‘zalligi bilan yanada boyidi.

Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining qadimiy an’analari va madaniy merosini aks ettiruvchi milliy liboslarda ishtirok etishdi. Talabalar atlas, adras, beqasam, zardo‘zi va boshqa an’anaviy matolardan tikilgan liboslarda sahnaga chiqib, milliy uslubning betakror jozibasini namoyish etdilar.

Uchrashuv jarayonida talabalar milliy liboslarning tarixi, ularning naqshlari, ranglari va ramziy ma’nolari haqida fikr almashdilar. Tadbir nafaqat estetik zavq bag‘ishladi, balki talabalar ongida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat va uni asrash mas’uliyatini yanada mustahkamladi.

“Milliy uslub va liboslar tadbiri” fakultetda iliq muhit, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlarni qadrlash kayfiyatini yaratdi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi va milliy merosni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube