O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI (https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish) UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI (https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish)
2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” bo‘yicha ingliz va fransuz tillari ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 2025-yil o‘quv jarayonining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etilib, unda tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy yondashuvi va amaliy kompetensiyalari namoyon etildi.
Bitiruv loyihalari himoyasi ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar tomonidan tayyorlangan loyihalarda zamonaviy til ta’limi metodikasi, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan takliflar keng yoritildi. Har bir loyiha attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha tahlil qilinib, tinglovchilarning nazariy bilimlari va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va professional o‘sish dinamikasini yuqori baholab, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.