17 aprel kuni Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o’qituvchisi Nizamova I va Ingliz tili amaliy fanlar 3 fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida Òzbekiston davlat jahon tillari unversitetida ''Terminalogiya va tarjima'' mavzusida tògarak tashkil etildi.
To’garakdan erishilgan natijalar: Tarjima muloqotning o‘ziga xos turi - tillararo muloqotdir. Tarjimaning maqsadi manba tilidagi matnni maqsadli tildagi matnga aylantirishdir.
Ishtirokchilarga turli fanlarga oid terminlarning tarjimasi va ularni izchil qo‘llash zarurati haqida ma’lumot berildi. Misollar yordamida terminologik xatolarning tarjima sifatiga ta’siri ko‘rsatib berildi.
O‘zbek tilida yangi shakllanayotgan terminlarning mos tarjimalarini izlash, ularni o‘zlashtirish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhokama olib borildi.Terminologiya - terminlar haqidagi ta‘limot va terminlar majmui degan ma‘nolarni anglatadi.Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelgan.
Yig‘ilish so‘ngida talabalar tomonidan savollar berildi. Tarjimadagi eng ko‘p uchraydigan xatolar, sinonimlar bilan ishlash va kontekst muhimligi haqida fikrlar almashildi.