TIKA vakillari O‘zDJTUda
16-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Acar Ergin, vakolatxona rahbari o‘rinbosari Ali YÜCEL, TIKAning O‘zbekiston bo‘yicha departamenti mutaxassisi (Anqara) Muhsin BALCI hamda loyiha menejeri Farrux Abdullayev ishtirok etdi.

Universitet tomonidan uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, 2-chet tili kafedrasi mudiri E. Muydinova hamda turk tili o‘qituvchisi Iqbol Guler qatnashdi.
Uchrashuv davomida tarjimonlar, xususan, sinxron tarjimonlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Tarjimonlik fakultetida “Turk tili tarjima markazi” va “Sinxron tarjima laboratoriyasi”ni tashkil etish, turk tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha grant dasturlari, talabalar almashinuvi, qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslari, amaliyotlar hamda yozgi va qishki lagerlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya Tarjimonlik fakultetida markaz uchun ajratilgan xonalar, mebel va texnik jihozlar bilan tanishib, istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.