Tyutorlar uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 7-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tyutorlar uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etildi.

Tadbir davomida tyutorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tyutorlarning vazifalari va huquq-mas’uliyatlari, shuningdek talabalar bilan ishlashning amaliy jihatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev olib bordi va tyutorlukning talaba-yoshlar bilan ishlashdagi muhimligini ta’kidladi.

O‘quv-seminarda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlar ishtirok etdi. Tadbir savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube