Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun zamonaviy kasblar boʻyicha bepul vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda ishtirok etish uchun 100 ga yaqin talaba xohish bildirgan boʻlib, ular mobilograf Shahzodjon Botirjonovich va SMM Menejer Sherzod Oʻktamovichlardan “SMM-Marketolog” sohasi boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni olishdi.


Vebinar davomida talabalar “Uktamovich Academy” onlayn/oflayn taʼlim markazi asoschilaridan bu kasbdan qanday qilib, qanchagacha daromad olish mumkinligini, bu sohaga kirish uchun nimalarni bilish, ishni nimadan boshlash kerak degan qator savollarga javob oldi. 


Bepul tarzda tashkil etilgan mazkur vebinar qatnashuvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube