29 noyabr kuni Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillari: Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) ta’sischisi va vasiylik kengashi raisi Xaga Xiroaki, Vasiylik kengashi a’zosi Kondo Toshiko, Toshkentdagi JDU rektori Mamajonov Ravshanbek, Toshkentdagi JDUning Ta’limni loyihalashtirish masalalari bo‘yicha prorektor Munojot Umarovalar tashrif buyurdi.

Mehmonlar, O‘zDJTU tomondan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.Xamroyev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Abidjanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi V.Amanov va Huquqshunos F.Mirzayevlar  tomonidan kutib olindi.  

Uchrashuvda, JDU bilan O‘zDJTU o‘rtasida 2020-yilda imzolangan shartnoma bandlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, 2024-yildagi 5 nafar JDU bitiruvchilariga diplomlar topshirish tadbirini o‘tkazish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube