2025-yil 19–23-may kunlari Ispaniyaning Sevilya universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Xodimlarni tayyorlash xalqaro haftaligi” doirasida OʻzDJTU nomidan “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi mudiri Madjidova Ra’no Urishevna ishtirok etmoqda.

19-may — tadbirning birinchi kuni rasmiy ochilish marosimi va Sevilya universiteti taqdimoti bilan boshlandi. 

Ochilish marosimida Sevilya universitetining Xalqaro strategiya bo‘yicha kotibiyati direktori janob Anxel Luis Trigo Garsiya tantanali tarzda nutq soʻzladi va hozirgi mavjud loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. U, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda hamkorlar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish muhimligini ta’kidladi. Boshqa universitetlar vakillari bilan yaqin tanishuv va hamkorlik orqali loyihalarni samarali rivojlantirish mumkinligini qayd etdi. 

Dastur davomida kichik loyihalardan boshlab, bosqichma-bosqich yirik va keng qamrovli loyihalarga o‘tish zarurligi alohida e’tirof etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube