20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar 2” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 

Anjuman yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.  Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov tadbirni ochib berdi. 

Shundan so‘ng, ishtirokchilarga Tarjimonlik fakultetining tarixi, yutuqlari hamda bugungi kundagi natijalarini aks ettirgan videolavha taqdim etilib, konferensiya mavzusi doirasida ma’ruzachilar fikri o‘rtaga tashlandi. 

Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining   Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph  va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.

Anjuman bugun Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube