YANGI O‘QUV YILI — YANGI IMKONIYATLAR
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalarni kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabayev Maxmudjon Rustamovich hamda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Xakimov Xamidullo Inamovich ochib berdilar.
Tadbir davomida yangi talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, yaratilgan imkoniyatlar hamda talabalik davrida ularga beriladigan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida 1-bosqich talabalarining ilk dars jarayonlari ham boshlandi. Talabalar o‘z ustozlari bilan tanishib, yangi o‘quv yilidagi dastlabki mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
2026-09-07 05-29