Shu kunlarda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi va Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq fakultetlarda keng ko‘lamli o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu jarayonda fakultetlarning maqsadli ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltirish, xalqaro reytinglardagi o‘rnimizni mustahkamlash borasida muhim qadamlar tashlandi. Monitoring jarayonida bo‘lim xodimlari barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlarda fakultetlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalarda maqolalar sonini ko‘paytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan har bir fakultetga aniq ko‘rsatmalar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi. Bugungi monitoring natijalari universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Eslatib o‘tamiz, universitetimiz rahbariyati tomonidan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube