14-dekabr kuni O’zDJTU hamkorligida ochilgan Moskva davlat lingvistika universiteti talabalari hamda Toshkent shahar IIBB YXXB boshchiligida “Yo'l harakati qoidalariga rioya qilamiz” shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad, qishki ta'til jarayonida talabalarning uy manzillariga betalofot yetib borishlari hamda ta'til davomida yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlaridan iborat.
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig'i, podpolkovnik Qaxramon Xudoyberganov va kichik serjant Ozodbek Bozorov tadbirni ochib berishdi. Dastur davomida mutaxassislar tomonidan talabalarning yo'l harakati xavfsizligiga oid savollariga javob berildi.
Tadbir so'ngida IIBB YHXB xodimlariga tashrif uchun QTD bo'lim boshlig'i Nigora Abdullayeva va 1-Ingliz fakulteti o'qituvchisi Dono Zulpiyeva o'z minnatdorchiligini bildirdi.