Yongʻin xavfsizligiga amal qilish kuz-qish mavsumiga kelib tobora dolzarb tus oladi. Joylarda yongʻin xavfsizligi oyligi tadbirlari oʻtkaziladi.
Shu jumladan, 16-noyabr kuni Ingliz tili 2-fakulteti hovlisida "Yongʻindan ogohlik" tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur amaliy tadbirda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, Uchtepa tumani favqulodda vaziyatlar boʻlinmasi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad - is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish va ogohlantirish boʻyicha hamda yongʻin xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish boʻyicha talabalar va xodimlarga kerakli tavsiyalar berishdan iborat.