Zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi
14-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Dasturni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻz nutqi bilan ochib berdi. Ochilish marosimi dutor navolari ostida, milliy kuy-qoʻshiqlar jorligidagi raqslar ijrosi bilan boshlandi. Soʻng “Zakovat” oʻyiniga start berildi.
Oʻyinda OʻzDJTU talabalari, oliygoh qoshidagi akademik litseyi oʻquvchilari va mahalla yoshlaridan tashkil topgan 8 ta jamoa qatnashdi.
Dastur qizgʻin munozaraga boy tarzda, qiziqarli va joʻshqin ruhda oʻtdi. Oʻyin davomida talabalar oʻz bilim-salohiyatini namoyon etib, chinakam bahs jarayonini his qildi.
Natijalarga koʻra:
1-o’rin “Tarjimon” jamoasi;
2-o’rinni “Terma” jamoasi;
3-o’rinni “Zip” jamoasi.
Dastur yakunida gʻoliblar e’tirof etilib, maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.