“O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnali
“O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnali (Online ISSN: 2181-8215) mamlakatimizda gumanitar sohadagi ilk elektron ilmiy nashr hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatida mavjud. 10.00.00 – filologiya fanlari; 13.00.00 – pedagogika fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya natijalarini chop etish uchun mo’ljallangan yetakchi ilmiy jurnallar qatoriga kiritilgan.
Jurnalning vazifasi — lingvodidaktikaning holati, rivojlanish istiqbollari, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, nazariy lingvistika, tarjimashunoslik, adabiyot va madaniyat, jurnalistika haqida o‘quvchilarga ilmiy yangiliklarni yetkazib beradi. Gumanitar sohani ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o‘ziga xos maydon taqdim etadi hamda axboriy faoliyatni amalga oshiradi.
Jurnal foydalanish uchun ochiq. Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun joylashtirilgan.
Nashr davriyligi
Jurnal davomiy e’lon qilib boriladigan tarmoq nashri bo‘lib, uning bosma muqobil varianti mavjud emas. Jurnal bir yilda 6 marotaba chop etiladi. Har ikkinchi oyning 20-sanasi e’lon qilish muddati etib belgilangan.
Taqrizlash
E’lon qilish uchun qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi orqali tekshirilgandan so‘ng muallif haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinmagan holda taqrizga yuboriladi.
Maqola tili
Original, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, o‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillardagi maqolalar qabul qilinadi.
Indeksatsiyalash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Slib.uz, Crossref DOI (digital object identifier), eLIBRARY, E-Line, Google scholar, pkp index (OJS), base, openaire, worldcat.