O'zDJTUda "18-dekabr - Xalqaro arab tili kuni" 

 

"18-dekabr - Xalqaro arab tili kuni" munosabati bilan bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bayram tadbiri o'tkazildi. Dastur arab tilidagi kitoblar taqdimoti va arab milliy taomlari dasturxoni bilan boshlandi. Shuningdek, mashhur arab kalligrafi Haj Vafaaning ko'rgazma namoyishi ham bo'lib o'tdi. Asosiy tadbir dasturini esa O'zDJTU rektori B.U. Azizov ochib berdi. Unda O'zbekistondagi 8 arab davlati elchisi, jumladan, Falastinning O'zbekistondagi elchisi janob Muhammad Tarshaxa, Misr Arab Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Amira Fahmi xonim, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti, professor A.B. Abduxalimovlar ham ishtirok etib, arab tilida nutq so'zlashdi. Tadbir davomida talabalar o'rtasida arab tilidagi notiqlik mahorati, she'rni ifodali o'qish va sahna ko'rinishlari bo'yicha bellashuv o'tkazildi. Dastur yakunida talabalar tomonidan  arab tilidagi go'zal nashidalar kuylandi va faol ishtirok etganlar taqdirlandi.                                                                              

Nihola Abduvohidova
#matbuot_xizmati

O'zDJTU telegram kanaliga o'tish

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube