Buxgalteriya bo'limi
Asosiy vazifalari:
- Buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil qilinishini va haqqoniyligini ta’minlash, hujjatlar aylanishini tashkil etish.
- Universitet balansida bo‘lgan mulklarning saqlanishi, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish.
- Hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini, buxgalteriya hisobining istiqbolli shakllari va uslublarini joriy qilish va ulardan keng foydalanish. Moddiy boyliklarni hisobga olish va ularning harakatini o‘z vaqtida aks ettirish.
- Kelib tushadigan pul mablag‘lari, asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarning kelib tushishi va sarf-xarajatlarini nazorat qilish va ular bo‘yicha hujjatlar bilan ishlash, ularni olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish.
- Soliq, pensiya jamg‘armasiga va kasaba uyushmalari kengashlarga o‘tkaziladigan to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta‘minlash.
- Birlamchi hujjatlar va buxgalteriya yozuvlari asosida ishonchli buxgalteriya hisobotini tuzish va uni belgilangan muddatlarda tegishli vazirlik va tashkilotlarga taqdim etish.
- Buxgalteriya hisobi va hisobotining ma’lumotlari bo‘yicha ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun boshqa bo‘limlar bilan birgalikda universitetning moliya xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini o‘tkazish.
- Universitetning xarajatlar smetasini o‘z vaqtida tuzilishi, uning ijrosi bo‘yicha hisobotning tayyorlanishi hamda ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilishini nazorat qilish.
- Universitetning moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalarini amalda bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish.
- Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy jamg‘armalar, hisob- kitoblar va to‘lov hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarga rioya etish.
- Universitetda ishlatilgan asosiy mablag‘lar va tovar-moddiy boyliklarni qonuniy hisobdan chiqarilishini ta’minlash.
- Ish haqi jamg‘armasini to‘g‘ri sarflanishi, lavozim maoshlarining belgilanishi, shtatlar va budjet intizomiga rioya etilishini amalga oshirish.
- Debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini to‘lash ishlarini belgilangan muddatlarda o‘tkazish, to‘lov intizomiga rioya qilish.
- Pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarni kamomadlari va o‘g‘irliklar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etish va zarur hollarda ushbu hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilishini nazorat qilish.
- Kamomadlarning vujudga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy sarflanishi, moliyaviy va xo‘jalik qonunchiligi buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni tayyorlash.
- Iqtisodiy ishlarning holati to‘g‘risida bo‘limlardan axborot olish, ushbu axborotni tahlil qilish va hisobini olib borish.
- Buxgalteriya hujjatlari saqlanishini ta’minlash, ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va arxivga topshirish.
- Universitetning rahbariyati tomonidan belgilangan muddatda buxgalteriyaning xodimlari uchun yangi lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va amaldagi lavozim yo‘riqnomalarini o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqish.
- Xodimlarning malakasi oshirilishini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va joriy etish.
- Moliya hisob-kitob muomalalari, pul mablag‘larining kirimi va chiqim bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, bank ko‘chirmalarini ishlab chiqish, xizmat safarlari xarajatlarini hisoblab chiqish va boshqa moliyaviy muomalalar, xodimlarga g‘azna xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘l-varaqalari, qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobda turadigan rasmiy ish qog‘ozlarining hisobini olib borish.
- Ish haqini hisoblash bo‘yicha barcha turdagi ish haqi va mukofotlarni, ustamalarni hamda ulardan ushlab qolinadigan ushlanmalarni hisoblab chiqish.
- Moddiy boyliklar bo‘yicha ombordagi va bo‘limlardagi moddiy boyliklarning kelib tushishi va sarf-xarajatlarini nazorat qilish va ular bo‘yicha hujjatlar bilan ishlash, ularni olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish.
Buxgalteriyaning tuzilmasi
Buxgalteriyaning tarkibiga bosh buxgalter, bosh buxgalter o‘rinbosarlari, buxgalterlar va g‘aznachi kiradi. Buxgalteriyaning tarkibi namunaviy tashkiliy tuzilma va xodimlarning namunaviy shtatlari asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriyaning ishlariga bosh buxgalter rahbarlik qiladi.
Bosh buxgalter va buxgalteriyadagi xodimlar bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va universitetda o‘rnatilgan tartibda universitet rektorining buyrug‘i asosida tuziladi, o‘zgartiriladi va bekor qilinadi.
Bosh buxgalter lavozimiga iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotli, yo‘nalish bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega shaxs tayinlanadi.