Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi 

Kafedra mudiri: Muxtorov Muhiddin Mansurovich, Pedagogika fanlari doktori, dotsent, kafedra mudiri

Kafedra tarkibi

Asosiy shtat:

Katta o'qituvchi - 5 nafar

O'qituvchi - 10 nafar

O'qituvchi - stajyor- 29 nafar 

Jami – 44 nafar

O'rindoshlar:

O'qituvchi - stajyor- 4 nafar 

Jami – 4 nafar

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

60230100 – Filologiya va tillarni o'qitish (Ingliz tili)

2-kurs Kunduzgi va kеchki ta'lim

  1. O'qish va yozish amaliyoti
  2. Оg'zaki nutq amaliyoti
  3. Mamlakatshunoslik
  4. Tanlov fanlar (Kommunikativ leksika, O’lkashunoslik va turizm, Mustaqil ta’lim kop’nikmalari, Til ko’nikmalari integratsiyasi)

Kafedra professor-o'qituvchilarining yutuqlari

-Ingliz tili amaliy aspektlari kafеdrasining asosiy shtatdagi 23 nafar a'zosidan 22 nafari C1 darajadagi Milliy va хalqaro til bilish sеrtifikatlariga ega.

Kafedrada yo'lga qo'yilgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra mudiri Muxtorov Muhiddin Mansurovich 13.00.02- ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo’yicha  “OTM talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” mavzusida tadqiqot olib borgan.

Kafedra katta o’qituvchisi Avezova Nigora Safarovna 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha “ O’zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalar tipologiyasi “ mavzusida tadqiqot olib borgan.

Kafedra katta o’qituvchisi Atanazarova Shohida Bahramovna 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha  “Reklama matnida perlokutsiya va illokutsiya (ingliz va o’zbek tillari misolida ) mavzusida tadqiqot olib borgan.

Kafedra o’qituvchisi Rasulova Nilufar Abduvossiyevna 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha “Ingliz -o’zbek tillaridagi akusher-ginekologik va urologik tibbiy terminlarning qiyosiy -tipologik tadqiqi “ mavzusida tadqiqot olib borgan.

Kafedra katta o'qituvchisi Saidov Ravshan Tursunovich 13.00.02 – metodika va ta’lim nazariyasi iхtisosligi bo'yicha “Filologik OTM talabalarining o’qish kompetensiyasini ingliz tilidagi matnlar asosida rivojlantirish” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafеdra o'qituvchisi Xamidova Durdona Muxtorovna 10.00.06- qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo’yicha “Ingliz va o’zbek tillaridagi iqtisodiy terminlarning leksik tipologik va leksikografik taxlili” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda

Kafedra o’qituvchi-stajyori Isakova Dilafruz Faxriddinovna 10.00.06- qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha “Ingliz va o’zbek ommaviy axborot vositalari diskursida mentallik” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedra o’qituvchi-stajyori Ibragimova Arzayim Baxadirovna 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Лингводидактические основы обучения сегментной фоностилистике английского языка студентов тюркоязычной аудитории” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.

Chop etilgan ilmiy maqola va tezislar

-Kafеdrada 2023-2024 o'quv yilining birinchi yarim yilligida 120 dan ortiq ilmiy maqolalar turli хalqaro va ОAK ilmiy jurnallarida hamda хalqaro va rеspublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfеrеnsiya to'plamlarida chop etildi.

Kafedra professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar 

-Kafеdra o'qituvchilari orasida “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Prezident stipendiyasi” sovrindorlari mavjud. Bundan tashqari 1 nafar o’qituvchi TEFL va 3 nafar o’qituvchi TESOL sertifikatlarini qo’lga kiritishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Yoshlarning milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish va an’analarni qadrlashda maqsadida O’zDJTU filologiya fakulteti dekani Guli Ergasheva tashabbusi bilan 21-sentabr kuni  "Xon atlas" festivali bo‘lib o‘tdi. Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-ustozlari qo‘l mehnati asosida tayyorlangan buyumlar, milliy matolardan tikilgan kiyim-kechaklardan iborat burchak tashkil etib, faol qatnashishdi. Tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi hamda qizlar tomonidan ijro etilgan raqs va kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada chiroy bag‘ishladi.

11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda "O‘z qo‘rquvingni yeng" nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mantiqiy savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi. Jarayon talabalarga pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya berdi hamda ko‘tarinki ruhda mashg‘ulotlar qabul qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube