12-noyabr kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kuzatuv kengashi raisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov hamda Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Kuzatuv kengashini kengash raisi olib bordi. Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar o‘rganildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga, Abdullayev Suyun Artikovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kuzatuv kengashidan yig‘ilishidan so‘ng, O‘zDJTU rahbariyati vakillari hamda Kuzatuv kengashining a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yangi tayinlovlar haqida axborot berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube