16-noyabr kuni Koreys tilidan kasbiy qayta tayyorlov kursi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruv marosimini O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov ochib berdi. Shuningdek, markaz direktori janob Li Yongga minnaddorchilik bildirdi va bitiruvchilarga omad tiladi Tadbirda shuningdek, Markaz direktori janob Li Yong, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldoshev, o‘qituvchi va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida Koreys tili bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini  muvaffaqiyatli tamomlagan 17 nafar bitiruvchi tinglovchilarga  diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Koreys tilini o‘qitishda universitetda koreyalik hamkor, jumladan, Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya ta’lim markazi va ushbu davlatning yetakchi universitetlari yaqindan yordam bermoqda.

Koreya Ta’lim markazi yordamida tashkil etilgan bugunga qadar 3 ta guruhda 71 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tamomlab koreys tilini o‘qitish huquqini beruvchi diplomga ega bo‘ldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube