23-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida hasharning 2-kuni tashkil etildi

Dasturda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, oliygoh obodonlashuviga oʻz hissasini qoʻshdi. Shuningdek, rektor universitetdagi 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarliklarni yana bir qayta ko‘zdan kechirdi hamda mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.

 

 

Hashar davomida universitet jamoasi — rahbariyat vakillari va xodimlari birgalikda universitet hududiga gullar ekishdi, yerlarni chopib, yashil hududlarni tartibga keltirishdi. Bundan tashqari, chiqindilar saralab chiqarildi, daraxt va butalar oqlanib, gulzorlar yangilandi. 

Mazkur xashar natijasida universitet hududi saranjom-sarishta holatga keltirildi, talabalarga yanada qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube