3-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosining 7-qavatida Ilmiy seminar oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi

Seminar kun tartibiga muvofiq birinchi navbatda G‘oziyeva Mastona Toshtemirovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning sotsiopragmatik kompetensiyasini autentik materiallar vositasida takomillashtirish” (texnika yo‘nalishi misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

 

 

Muhokama davomida tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Seminar ishtirokchilari tomonidan foydali tavsiyalar va ilmiy fikrlar bildirildi.

Muhokamalar yakunida dissertatsiya ixtisoslik talablariga javob berishi ta’kidlanib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Seminar oflayn va onlayn formatda yuqori saviyada, foydali va samarali ruhda bo‘lib o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube