Arizona universiteti talabasi qo'shma ta'lim dasturi doirasidagi dars jarayonida ishtirok etdi.

Joriy yilning 29-may kuni, AQSHning Arizona universitetidan " Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talaba O'zJDTU, qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida falsafa fanidan "Семья и брак" mavzusidagi dars jarayonini kuzatdi.

Dars boshlanishda, mehmon talaba o'zini o'zbek va ingliz tilida tanishtirdi shuningdek, talabalarga dars jarayonlari qiziqarli metod va interaktiv usullar bilan olib borilayotganini ta'kidladi.

Xususan, dars mashg'ulotlari tugagandan so'ng, mehmon talaba QTD talabalari bilan yaqindan tanishib, ular bilan turli mavzularda qiziqarli suhbat olib bordi, hamda kelgusida  universitet talabalari bilan hamkorlikda davra suhbatlarini tashkil etishga kelishib oldi.

2024-05-31 12-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi