“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi
2026-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining biznes va startap loyihalarini taqdim etib, ularning innovatsionligi, amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi hamda tijoratlashtirish imkoniyatlari bo‘yicha ekspertlar tomonidan baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra saralangan loyihalar belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
2026-06-17 11-45