O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu munosabat bilan,  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida  18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligini 33-yilligi  munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Bayrog‘imizning hilpirashi – bu har bir o‘zbekistonlikning yuksak g‘ururi va mardlikka to‘la yuragining ovozi. Uni baland ko‘tarish – millatimizning kuchi, birdamligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini dunyoga namoyon etishdir. Shu bois, davlat bayrog‘imizni sevish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish – har birimizning sharafli burchimizdir.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube