Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz va rus tillari mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan loyiha ishlari ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgani, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion texnologiyalar asosida shakllantirilgani bilan alohida e’tibor qozondi. Tinglovchilar o‘z loyihalarini aniq va asosli tarzda taqdim etib, berilgan savollarga ishonch bilan javob qaytardilar.

Mazkur jarayon tinglovchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini berdi hamda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yoritib berdi.

Amaliyotchi: Turobova Barchinoy      Axiz - 2301 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube