14-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyida “Bitiruvchi-2024” bayrami boʻlib oʻtdi.

Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich hamda universitet rahbariyati vakillari, akademik litseyidagi barcha pedagogika sohasi vakillarini, fidoyi professor-oʻqituvchilarni va litsey bitiruvchi oʻquvchilari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida universitet rektori soʻzga chiqib, barcha bitiruvchilarni tabrikladi va eng faol bitiruvchilar va “Rektor stipendiyasi” gʻolibi boʻlgan oʻquvchilarni taqdirladi.

Maʼlumot uchun: Hozirda 508 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan universitet qoshidagi akademik litseyning 259 nafari bitiruvchi bosqich oʻquvchilari boʻlib, ularning 10 nafari xorijlik oʻquvchilar hisoblanadi. Bitiruvchi bosqich oʻquvchilarining 157 nafari CEFR imtihonlarida ishtirok etib, natijada oʻquvchilarning 96%i til bilish sertifikatiga ega boʻlishdi.

2024-06-19 04-49

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi