Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori talabalar turar joyida

27-mart kuni bugun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda talabalar bilan bevosita uchrashuv va suhbatlar olib bormoqda.

 

 

Uchrashuv davomida talabalar kunlik muammo va ehtiyojlari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi, shuningdek, joyida yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgiladi.

Tashabbus doirasida:
• talabalar bilan yaqindan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish,
• yashash sharoitlari va mavjud muammolarni aniqlash,
• talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,

 

 

Muhim: Rektor talabalar bilan bir kecha turar joyda qolib, ularning kundalik hayoti va ehtiyojlarini yanada yaqindan o‘rganmoqda. Ushbu tashabbus talabalarning turar joyidagi sharoitlarini yaxshilash va ular bilan samarali muloqot olib borishga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube