DIQQAT, TALABALAR VA SPORTSEVAR YOSHLAR!

DIQQAT, TALABALAR VA SPORTSEVAR YOSHLAR!
 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 5/15-1/25-2-992-son bayoniga hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 26-martdagi 11-16/495-son rezolyutsiyasiga asosan “Talaba-yugur” ommaviy yugurish sport musobaqalarining 2026-yilgi bahor va kuzgi mavsumlari 17-may kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur musobaqalar:
— “Bahor” mavsumi — mart–iyun oylarida
— “Kuz” mavsumi — sentyabr–noyabr oylarida
tashkil etiladi.

Musobaqalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida o‘tkaziladi.

“Talaba-yugur” sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq barcha jarayonlar perfend.com elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Musobaqaning asosiy maqsadlari:
— talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish;
— yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish;
— oliy ta’lim muassasalarida yugurish sportini ommalashtirish;
— 2026-yil mavsumida musobaqa ishtirokchilari ulushini 20 foizga yetkazish.

Qo‘shimcha yo‘nalishlar:
— faol talabalar orasidan “Talaba-yugur” targ‘ibot jamoalari shakllantiriladi;
— musobaqalar va tadbirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi;
— yugurish bo‘yicha sport seksiyalari va muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi;
— mavsum yakunida faol ishtirok etgan talabalar hamda pedagoglar belgilangan tartibda taqdirlanadi;
— respublika final bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning xavfsiz ishtiroki ta’minlanadi.

Barcha talabalarni “Talaba-yugur” ommaviy yugurish sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Sog‘lom hayot sari birgalikda qadam tashlaymiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube