DISSERTATSIYA HIMOYASI BÖLIB ÖTDI
10-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Qurbonova Nilufar Törabekovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi böyiça filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan “Stiven King asarlarida “qörqinçli roman” (horror) janrining ğoyaviy-badiiy öziga xosligi” mavzusidagi dissertatsiya işi himoyasi bölib ötdi.

Ilmiy kengaş majlisida oflayn va ZOOM platformasi orqali onlayn şaklda tashkil etilgan himoyada tadqiqotning ilmiy-nazariy asoslari, ilmiy yangiligi, natijalari hamda mavzuning dolzarbligi muhokama qilindi.
Himoya jarayonida rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, professor Anatoliy Stepanoviç Lixodziyevskiy hamda filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Yuliya Umidovna Matenova dissertatsiya işi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Dissertatsiya işining ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Mahliyo Yunusovna Umarova hisoblanadi.
